Giyosbek Narzullayev - Bu Muhabbat Tarixi | Текст песни
4 0
Караоке
Слова песни исполнителя . Читайте текст онлайн с любого устройства — легко и удобно!

Giyosbek Narzullayev - Bu Muhabbat Tarixi | Текст песни

Текст песни


Bu muhabbat tarixi tillarda boʻldi doston,
Saharlari shodligu, kun botarlari armon.
Hech bir oshiq koʻrmagan, goʻzal edi damlari,
Mani ado ayladi bugun sevgi gʻamlari.

Goʻzal edi yorijon, koʻzlari xumor-xumor,
Davosi yoʻq bir dardi, uni ayladi bemor.
Koʻzlarimga termulib, gulim koʻzi yumildi,
Tuproqlarga emas u, yuragimga koʻmildi.

Bugun yomgʻir yuvolmas, koʻzdan oqqan yoshimni,
Essizgina boy berdim goʻzal qalam qoshimni.
Ey dunyo, yolgʻon dunyo, bizda qasding bormidi?
Hammaga keng quchogʻing, bizga kelsa tormidi?

Ifori soʻlim-soʻlim, yetmadi yorga qoʻlim,
Bugun tuproq bagʻrida yotarmush atirgulim.
Endi hayot qiziqmas, yashagandan netarman,
Boshim olib bu yerdan, olislarga ketarman.

  • Исполнители:
  • Просмотров: 249



Комментарии (0)
Добавить
Если вдруг заметили опечатку, или просто хотите подправить что-то, не стесняйтесь и пишите в комментариях. Мы все тут за безупречный текст!

Текст-Песни.ру » Поп-музыка » Giyosbek Narzullayev - Bu Muhabbat Tarixi | Текст песни